Restoran, kafe, fast-food va savdo do'konlar uchun

Sifatli burger, hot-dog va toster nonlarini qulay shartlarda oling!

Cornus — burger, hot-dog, toster va boshqa non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona. Restoran, kafe, fast-food va savdo do‘konlari uchun barqaror sifat, qulay narx va muntazam yetkazib berishni taklif qilamiz.

Birinchi buyurtmadan oldin bepul namuna sinab ko‘ring.

Biz haqimizda

Cornus - O'zbekistonda sifatli non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona. 10 yildan ortiq faoliyatimiz davomida mijozlarimizga doimiy sifat, ishonch va zamonaviy yechimlarni taqdim etib kelmoqdamiz.

Korxonamizda burger, hot-dog, toster nonlari hamda turli non va non mahsulotlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi. Har bir mahsulotimiz sifatli xomashyo, qat'iy nazorat va ilg'or ishlab chiqarish jarayonlari orqali tayyorlanadi. 

Bizning asosiy maqsadimiz - restoranlar, kafelar, fast-food tarmoqlari va chakana savdo dokonlariga yuqori sifat standartlariga javob beradigan mahsulotlar bilan ta'minlash. Shu sababli mahsulotlarimiz yumshoqligi, mazasi va barqaror sifati bilan mijozlarimiz ishonchini qozonib kelmoqda. 

Bugungi kunda Cornus mahsulotlari O'zbekistonning ko'plab hududlarida iste'molchilarga yetib bormoqda va minglab mijozlar tomonidan tanlanmoqda. Biz sifat, innovatsiya va ishonch tamoyillariga sodiq qolgan holda, mahsulotlarimiz assortimentini kengaytirish va hamkorlarimiz sonini oshirish ustida doimiy ishlamoqdamiz.

Cornus - har bir mazali taom ortidagi sifatli non.

Kafe, Restoran va fast foodlar uchun

Bepul sinab ko'ring!

Buyurtma berishdan oldin mahsulot namunasini bepul yetkazib beramiz.  Sifatga o'zingiz ishonch hosil qilasiz.

  • Har qanday menyu uchun mos non turini sinab ko'rish imkoniyati.
  • Kunlik yoki sizga qulay jadval asosida Toshkent shahri bo'ylab bepul yetkazib berish.
  • Shartnoma asosida qulay hisob-kitob shartlari.

Tarmoqli Do'konlar va supermarketlar uchun 

Minimal buyurtma chegarasi yo'q! 

hatto 2 dona non desangiz ham yetkazib beramiz.

  • Muddati o'tib qolgan mahsulotni qaytarib olamiz.
  • Kichik do'konlar ham istalgan miqdorda buyurtma bera oladi.
  • Toshkent shahri bo'ylab bepul yetkazib beriladi.
  • Tarmoqli do'konlar bilan shartnoma asosida — to'lov 14 kundan keyin.

Ishlab chiqarish liniyasi

  • 2016

    Tashkil topgan yil

  • 30+

    Mahsulot turi

  • 2000+

    Savdo nuqtasi 

Mahsulotlarimiz

Toster noni
Burger noni
Hot-dog noni
Qulupnay jemli bo'lichka
Quyultirilgan sutli bo'lichka
Shokolad kremli bo'lichka
Shirin sutli bo'lichka

Cornus bilan hamkorlikni boshlang!

Biz bilan uzoq muddatli va manfaatli hamkorlikni boshlang. Formani to'ldiring va hamkorlik shartlari haqida sizga batafsil ma'lumot beramiz.

Nima Uchun Cornus?

Hamyonbop
narxlar

Ishlab chiqaruvchidan to'g'ridan-to'g'ri — narx va sifatning eng maqbul mutanosibligi.

Premium
Sifat

Zamonaviy texnologiya va sifat nazorati bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar.

Moslashuvchan shartlar

To'lovni kechiktirish imkoniyati va qaytarilgan mahsulotlar bilan ishlash.

Yetkazib berish kafolati

Mahsulotlarni har kuni yoki kelishilgan grafikda yetkazib beramiz.

Bizning mijozlarimiz

Biz bilan bog'lanish

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo'yicha biz bilan bog'lanishingiz mumkin. Har bir murojaatga tezkor va professional yondashamiz.

Telefon raqam

+998 90 008-10-58

Manzil

Toshkent shahri, Labzak ko'chasi 
Mo'ljal: Anxor lokomotiv

Email

cornus@email.com

Cornus - har bir mazali taom uchun sifatli non.

Sifat, doimiy nazorat va mijozlar ishonchi  faoliyatimizning asosiy tamoyillari.
Cornus mahsulotlari restoranlar, kafelar, fast-food tarmoqlari va minglab iste'molchilar tomonidan ishonch bilan tanlanadi.

Biz bilan bog'laning

Hamkorlik shartlari haqida batafsil ma'lumot uchun bog'laning yoki bepul namunaga buyurtma bering.

© 2026 Cornus. Barcha huquqlar himoyalangan.